3O‘zbek
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
※ Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, agar vasiylar yoki ota-onalar nazorat qilib turmasa, bu jihozni
jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan, bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar yoki
bolalar ishlatishi mumkin emas.
OGOHLANTIRISH
O‘lim yoki jiddiy jarohat xav borligini bildiradi.
DIQQAT
Jarohat olish yoki moddiy zarar xav borligini bildiradi.
O‘rnatish
Zaryadlash tagligini barqaror pol ustiga, devorga suyab qo‘ying.
• Agar jihoz yiqilib tushsa, jarohat yetkazishi, jihozga yoki polga shikast yetishi mumkin.
Zaryadlash tagligini notekis polga, gilamga, stol ustiga va shu kabi joylarga qo‘ymang yoki ishlatmang.
• Agar jihoz yiqilib tushsa, jarohat yetkazishi, jihozga yoki polga shikast yetishi mumkin.
Orqasiga quvurlar (gaz yoki suv) yoki elektr kabellari o‘rnatilgan devorga zaryadlash tagligini
qo‘ymang.
Zaryadlash tagligini suv yaqiniga, juda nam joyga yoki oyna oldiga va shu kabi joylarga o‘rnatmang.
Quvvat
OGOHLANTIRISH
Elektr shnurini kuch bilan bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Agar vilkaning tishida yoki zaryadlash tagligi tishining kontakt nuqtasida chang, suv yoki boshqa
narsalar bo‘lsa, ehtiyotlik bilan artib tashlang.
• Aks holda qurilma noto‘g‘ri ishlashi yoki tok urishi mumkin.
Shnurni tortmang, vilkaga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Mos kelmaydigan kuchlanishli elektr manbasini ishlatmang. Jihozga uchtalik yoki uzaytirgich kabellar
ishlatmang. Quvvat kabelini polga tashlab qo‘ymang. Kabelni devorga yaqin joylashtiring.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Shikastlangan vilka, shnur yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Agar elektr shnuri shikastlangan bo‘lsa, vakolatli Samsung xizmat markazi yangisiga almashtirib bersin.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Zaryadlash tagligini vakolatli texnikdan tashqari hech kim qismlarga ajratishi yoki o‘zgartirishi mumkin
emas.
Ishlashi
OGOHLANTIRISH
Uydagi namlik, harorat yoki pol materialiga qarab, statik elektr hosil bo‘lishi mumkin. Agar bu takroran
sodir bo‘lsa, Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
3_VS8000-V2_Standing dock_UZ_00803S-00_CIS.indd 3 2018-07-31 오후 3:06:09