LG GA-B499TEKZ, GA-B499SMKZ, GA-B499ZVCZ Руководство пользователя

  • Здравствуйте! Я прочитал руководство пользователя по холодильнику LG. Готов ответить на ваши вопросы о настройке температуры, функциях "Fresh Converter" и "Fresh Balancer", быстром замораживании, уходе за холодильником и других характеристиках. Задавайте вопросы!
  • Как настроить температуру в холодильнике?
    Что делает функция быстрого замораживания?
    Как использовать отделения "Fresh Converter" и "Fresh Balancer"?
    Что делать, если холодильник издает странные звуки?
FOYDALANUVCHI QO'LLANMASI
SOVUTGICH VA
MUZLATGICH
Sovutgichni yoqishdan avval ushbu foydalanuvchi qo'llanmasini yaxshilab o'qib
chiqing va kеlgusida foydalanish uchun saqlab qo'ying.
www.lg.com
MFL42818349
Rev.04_101018
AFN36881841
UZ OʻZBEKCHA
RU РУССКИЙ
Copyright © 2018 LG Electronics Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.
*AFN36881841*
MUNDARIJA
Ushbu qo'llanmada siz xarid qilgan rusumga
taalluqli bo'lmagan tasvirlar yoki tarkib bo'lishi
mumkin.
Ushbu qo'llanma ishlab chiqaruvchi tomonidan
qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI ................................. 03
Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari ...................................................
03
O‘RNATISH ................................................................. 09
Oyoqchalarni rostlash ................................................................. 09
O‘rnatish uchun eslatmalar ......................................................... 09
ISHLATISH ................................................................... 12
Ishlatish bo'yicha izohlar ............................................................. 12
Boshqaruv paneli ........................................................................ 13
Muz lotogi ................................................................................... 14
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasida haroratni
sozlash ........................................................................................ 16
Taxlanuvchi tokcha ..................................................................... 16
AQLLI FUNKSIYALAR ................................................ 17
LG SmartThinQ ilovasidan foydalanish ...................................... 17
18
18
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH ................................... 19
Tozalash uchun eslatmalar ........................................................ 19
Eshik savatchasini olish va qayta o‘rnatish ................................ 19
Sovutkich tokchasini chiqarib olish ............................................. 19
Sabzavotlar tortmasini olish ....................................................... 20
Qopqoqli tortma qutini chiqarib olish ........................................... 20
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH ....................... 22
Taxlanuvchi tokchani chiqarib olish ............................................. 20
Muzlatgich tortma qutilarini chiqarib olish ................................... 20
Muzlatish bo'linmasi qutisin i olish va qayta o‘rnatish ................. 21
TEXNIK XUSUSIYATL ARI ......................................... 26
KAFOLAT .................................................................... 27
Ko‘chirish yoki tashish paytidagi eslatmalar ............................... 09
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish .............................................
10
"Fresh Balancer" sabzavotlar tortma qutisi ................................. 16
Ochiq manba dasturi eslatmasi ...................................................
LG Electronics mijozlarni qo'llabquvvatlash markazi orqali Smart
Diagnosis™ (Aqlli tashxis) tizimi .................................................
O‘lchamlar va oraliqlar ................................................................ 09
Atrof-muhit harorati ..................................................................... 09
03
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
Quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari kutilmagan xavflar hamda jihozdan
ehtiyotsizlik bilan yoki noto'g'ri foydalanish oqibatida kеlib chiqadigan
zararlarning oldini olishga mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalar quyida
ko'rsatilganidеk “OGOHLANTIRISH” va “DIQQAT” belgilari bilan qismlarga
ajratilgan.
Ushbu bеlgi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holat va amallarni bildiradi.
Mazkur bеlgi bilan ajratilgan qismni ehtiyotkorlik bilan o'qing va
xavfning oldini olish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki o'limga
sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
DIQQAT
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohat yoki
mahsulotga zarar yеtishiga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
OGOHLANTIRISH
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr
zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
Uydagi bolalar
Ushbu jihoz jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va
bilimi kam shaxslar (jumladan, bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan.
Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni
nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar jihozdan foydalanishlari
mumkin. Bolalarni jihoz yonida nazoratsiz qoldirmang.
UZ
MUHIM XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI
04
DIQQAT
O'rnatish
Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.
Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi
shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil
qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni
qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan.
Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan
rozetkadan foydalanish shart.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa,
shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihozni elektr kabeli (o‘rnatilgan) bo‘lmagan ko‘p rozetkali adapterga ulamang.
Elektr kabelini almashtirmang yoki uzaytirmang.
Aslo uzaytirgich yoki juft adapterdan foydalanmang. Jihoz alohida saqlagichli alohida
elektr liniyasiga ulanishi zarur.
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr
zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
UZ
Yerga yaxshi ulanmagan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalanmang. Yerga
yaxshi ulangan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalansangiz, tok yuklanishi yuqori
boʻlgan koʻp shtepselli rozetkadan va faqat ushbu uy jihozi uchungina foydalaning. Ushbu
xavfsizlik talabiga rioya qilmaslik tok urishi yoki koʻp shtepselli rozetkaning haddan ziyod
qizishi oqibatida yongʻinga olib kelishi mumkin. Avtomatik o‘chiruvchi ishlatilganda
tok oʻchirilishi mumkin.
Jihozni uning elektr kabeli tarmoqdan oson uziladigan joyga o‘rnating.
Elektr kabeli vilkasi yuqoriga yo‘nalib qolishi yoki jihozning elektr kabeli vilkasiga
tiralib qolishidan saqlaning.
Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
Jihozni nam va changli joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga
o‘rnatmang yoki saqlamang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda uning qulab ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda elektr kabelining qisilib qolishi, ezilishi yoki
shikastlanishidan ehtiyot bo‘ling.
Jihozni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘ymang va plita yoki isitkich kabi
qizdiruvchi jihozlardan chiqadigan issiqlik ta’sirida qoldirmang.
Jihozni o‘rnatishda orqa tomonini ochilib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
Elektr kabeli vilkasiga vilka adapteri yoki boshqa qurilmalarni ulamang.
Ishlatish
Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba
materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
05
Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
markaziga murojaat qiling.
Qattiq momaqaldiroq yoki chaqmoq paytida yo uzoq muddat foydalanishi ko‘zda
tutilmagan holatlarda jihozning elektr kabeli vilkasini tarmoqdan uzib qo‘ying.
Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Agar jihozning elekt qurilmalari ichiga suv kirib ketadigan bo‘lsa, elektr kabeli vilkasini
tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling.
Jihozning sovuq chiqaradigan joyiga, orqa paneliga yoxud issiqlik chiquvchi panjarasiga
qo‘lingizni yoki metal buyumlarni qo‘ymang.
Jihozning orqa paneliga ortiqcha kuch yoki zarba ishlatmang.
UZ
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
Jihoz eshigini ochish yoki yopishda atrofda yurgan bolalarga ehtiyot bo‘ling. Eshik bolaga
jarohat yetkazishi yoki shikastlashi mumkin.
Bolalarning jihoz ichiga qamalib qolish xavfidan ehtiyot bo‘ling. Jihoz ichiga qamalib
qolgan bola dimiqib qolishi mumkin.
Jihoz ichiga og‘ir yoki mo‘rt buyumlarni, ichida suyuqlik bor idishlarni, yonuvchan
moddalarni yoki oson alangalanuvchan buyumlarni (masalan, sham, shamchiroq va h.k.)
va qizdiruvchi uskunalarni (masalan, plita, isitkich va h.k.) qo‘ymang.
Agar gaz (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) chiqayotgan bo‘lsa, jihozga yoki elektr
kabeli sanchqisiga tegmang va darhol xonani shamollating. Bu jihoz sovituvchi gazdan
(izobutan, R600a) foydalanadi. Garchi undagi gaz miqdori juda oz bo‘lsa-da, u baribir
yonuvchandir. Jihozni tashish, o‘rnatish yoki undan foydalanish paytida undan gaz
chiqsa va uchqun chiqishi kuzatilsa, bu yong‘in, portlash yoki tan jarohatlariga olib k
kelishi mumkin.
Tеxnik xizmat ko'rsatish
Jihozni tozalash yoki ichki chirog‘ini (agar o‘rnatilgan bo‘lsa) almashtirishdan oldin elektr
kabelini tarmoqdan uzing.
Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr vilkasini rozetkaga
ulang.
Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani mahkam ushlang va
rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring.
Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki tashqarisiga hech qachon suv yoki yonuvchan
moddalarni (tish pastasi, spirt, eritgich, benzin, oson alangalanuvchi modda, abraziv
material va h.k.) purkamang.
Jihoz yaqinida tez alangalanuvchan yoki yonuvchan moddalardan (efir, benzol, spirt,
boshqa kimyoviy moddalar, siqilgan suyuq gaz, yonuvchan aerozol, hasharotlarga qarshi
purkaluvchi vosita, havo tozalagich, pardoz vositasi va h.k.) foydalanmang yoki ularni
saqlamang.
Agar jihozdan g‘alati ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol elektr kabeli
vilkasini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga
murojaat qiling.
Jihozni hech qachon dag‘al yuzali yoki metall materialdan qilingan cho‘tka, latta yoki
mochalka bilan tozalamang.
06
Faqat LG Electronics xizmat ko'rsatish markazining malakali mutaxassisigina jihozni
qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi zarur. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib
o‘rnatadigan bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat
qiling.
Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan foydalanmang va
badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham qo‘ymang.
Chiqitga chiqarish
Jihozni tashlab yuborayotganda uning tokchalarini va savatchalarini joyida qoldirgan
holda, eshik qistirmasini olib tashlang va bolalarni jihozdan uzoq tuting.
Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan uzoqroqda chiqitga
chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga sabab bo‘lishi mumkin.
UZ
Tеxnik xavfsizlik
Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish teshiklarining tiqilib
qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Oziq-ovqat mahsulotlari tortmalarida ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan vositalar turiga
mos bo‘lmagan elektr jihozlarni saqlamang.
Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga chiqarishda maxsus
tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan avval servis markazi agenti yoki sohaning
malakali ustasi bilan maslahatlashing.
Bu jihoz tarkibida oz miqdordagi izobutan sovitish vositasi (R600a) mavjud, biroq u
yonuvchan hamdir. Jihozni tashishda yoki o‘rnatishda uning sovitish sxemasiga shikast
yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi.
Biror shikastlanish belgisi bo‘lgan jihozni ishga tushirmang. Agar bunga shubha qilsangiz,
dileringizga murojaat qiling.
Jihoz naychalaridan sovituvchi moddaning oqishi yong‘in yoki portlashni keltirib chiqarishi
mumkin.
Agar shunday oqish holati yuzaga kelgan bo‘lsa, jihoz atrofida ochiq alanga yoki ehtimoliy
isitish manbalari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa
davomida shamollating. Agar sovituvchi modda oqishi kuzatilsa, yonuvchan gazlarning
havodagi aralashmasi yuzaga kelishining oldini olish uchun, jihoz foydalanilayotgan xona
o‘lchamlari undagi sovituvchi modda miqdoriga mos bo‘lishi zarur. Jihoz ichidagi R600a
sovituvchi moddasining har 8 grammiga xonada 1 m² joy bo‘lishi zarur.
Aynan sizning jihozingizdagi sovituvchi modda miqdori jihoz ichidagi identifikatsiya
yorlig‘ida ko‘rsatilgan.
Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi moddalarni saqlamang.
Ushbu jihoz faqat uy sharoitida qo‘llash va shunday maqsadlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan. Undan tijorat maqsadida yoki umumiy ovqatlanish joylarida, g‘ildirakli uy
yoxud kema kabi harakatlanuvchi transport vositalarida foydalanmaslik zarur.
DIQQAT
Kichik shaxsiy jarohatlarning xavfini kamaytirish, mahsulotning noto'g'ri
ishlashi yoki mulkka shikast yetishining xavfini kamaytirish uchun asosiy
dastlabki ehtiyot choralari ko'rilishi kеrak, jumladan, quyidagilar:
07
Muzlatish bo'linmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki uning metal qismlariga
nam yoki ho‘l qo‘l bilan teginmang. Bu sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
UZ
Ishlatish
Harorati muzlash nuqtasidan pastroq haroratga tushadigan muzlatish bo‘linmasi,
tokchalar yoki muz idishiga shisha idishlar, butilka yoki banka solmang (ayniqsa ichida
gazli ichimlik bo‘lsa).
Jihoz eshigining old tomonidagi toblangan oyna yoki uning tokchalari zarba berilganda
sinishi mumkin. Agar u sinsa, uni ho‘l qo‘l bilan ushlamang, chunki bu tan jarohatiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Jihoz eshiklari, kamerasi yoki tokchalariga osilmang yoki ustiga chiqmang.
Eshik savatchalarida ortiqcha miqdordagi suv idishlari yoki likopchalar uchun idishlarni
saqlamang. Savatcha buzilishi yoki qo‘lingiz uning atrofidagi joyga tegib, jarohatlanishi
mumkin.
Jihoz ichida oziq-ovqat mahsulotlarini tartib bilan qo‘ying.
Uy hayvonlari elektr kabeli yoki suv chiqadigan rezina quvurni kemirishiga yo'l qo'ymang.
Jihoz eshigini ortiqcha kuch ishlatib ochib yopmang.
Agar jihoz eshigining oshiq-moshig'i shikastlangan yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa,
uni ishlatishdan to'xtating va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihozning sovitish sxemasiga zarar yetkazmang.
Jihoz ichiga hech qanday elektr uskunasi (isitkich yoki mobil telefoni kabilar) solmang.
Shisha tokchalar yoki qopqoqlarni sovuqligida issiq suv bilan tozalamang. Harorat birdan
o‘zgarishi tufayli ular sinishi mumkin.
Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish bo‘linmasidan olinishi bilanoq iste’mol
qilmang.
Jihoz eshigini ochib yopganda qo‘l yoki oyog‘ingiz qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.
Tokchalarni to’nkarilgan holatda joylashtirmang. Tokchalar tushib ketishi va jarohatga
sabab bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatga elektr energiya tarmog’idan uzishdan oldin muzlatish bo’linmasidagi muz
hosil qilish idishidan muzni olib qo’ying.
Xizmat ko‘rsatish
Saqlash
Jihozni xonadan tashqarida yoki ob-havo sharoitlari (to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari,
shamol, yomg’ir yoki noldan past havo harorati) to’g’ridan-to’g’ri ta’siri ostida saqlamang.
Tashish
Jihozni tashish har qanday transport vositasi orqali tegishli transport tashish qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Tashish jarohatlanishga yo’l qo’yilmaydigan shart-sharoitda amalga oshirilishi lozim.
Yuklarni ortish va tushirish jarayonlarida mahsulotni zararli ta’sirga duchor qilish
taqiqlanadi.
Sotish
Mahsulotni sotish sotuvga chiqariladigan mamlakatning joriy qonunlari bilan belgilangan
qoidalariga ko’ra amalga oshiriladi.
Shisha idishlarni muzlatish bo’linmasiga, harorat noldan past bo’luvchi tokcha yoki muz
hosil qiluvchi idishga joylashtirmang.
08
Chiqitga chiqarish
Chiqindi savati ustida chizilgan belgi ishlatilgan elektr va elektron jihozlar
(WEEE)ni maishiy chiqindidan alohida chiqitga chiqarish lozimligini bildiradi.
Eski elektr va elektron jihozlar xavfli moddalarga ega bo’lishi mumkin,
shuning uchun eski jihozning to’g’ri chiqitga chiqarilishi atrof-muhit va inson
salomatligiga xavf soluvchi salbiy oqibatlarning oldini oladi. Eskirgan
qurilma tarkibida boshqa mahsulotlarni ta’mirlash ushun foydalaniladigan
takroriy qo‘llanish qismlari va cheklangan resurslarni unumlash maqsadida
qayta ishlanadigan qimmatbaho ashyolar bo‘lishi mumkin.
Jihozingizni xarid qilgan do‘konga olib borishingiz yoki chiqitga
chiqariladigan eski qurilmalarni qabul qiluvchi eng yaqin punkt haqida
ko‘proq ma’lumot olish uchun shahar ma’muriyatiga murojaat qilishingiz
mumkin.
UZ
09
O‘RNATISH
Ko‘chirish yoki tashish
paytidagi eslatmalar
UZ
Jihoz ichidagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini
olib tashlang. So‘ngra, jihozning tokchalari va
eshik tutqichi kabi mo‘rt qismlarini maxsus tasma
bilan mahkamlagandan keyin jihozni tashing. Bu
talabga rioya qilmaslik jihozning shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
Jihozni tashish chog‘ida ikkitadan ortiq odam
jihozni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarishi zarur. O‘ta
vazmin bo‘lgan jihozni qo‘ldan tushirib yuborish
kishilarga tan jarohati yetkazishi yoki jihozning
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Jihozni uzoq masofaga tashishda uni tik holda
bo‘lishini ta’minlang. Jihoz qulab tushishi va
ishlamay qolishi mumkin. Jihozni tashishda uni
yotqizmang, chunki u qayta tik holatga
keltirilganda sovituvchi modda aylanishi izdan
chiqishi mumkin.
Elektr kabeli vilkasini rozetkadan sug‘uring,
so‘ngra uni jihoz yon tarafidagi yoki tepasidagi
elektr kabeli ilgichiga mahkamlang. Bu talabga
rioya qilmaslik elektr kabeli vilkasiga shikast
yetkazishi yoki polning tirnalishiga olib kelishi
mumkin.
Jihozdan foydalanish maqsadi
Ushbu jihoz mahsulotlarni muzlatish va muzlatilgan
va sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun
mo’ljallangan.
Oyoqchalarni rostlash
Tebranmasligi uchun jihozni tekis joylashtirish lozim.
Kerak bo‘lsa, notekis pol tufayli tekis joylashtirish
uchun tekislovchi oyoqchalarni rostlang.
Eshik yopilishi oson bo‘lishi uchun old tomoni
orqaga qaraganda balandroq bo‘lishi lozim.
Korpusni ozgina itarish orqali tekislovchi oyoqchalarini
osongina burash mumkin.
Jihozni ko‘tarish uchun tekislovchi oyoqchasini soat
yo‘nalishiga qarshi ( ) burang, pasaytirish uchun
soat yo‘nalishida ( ) burang.
O‘rnatish uchun eslatmalar
Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
- Agar jihoz notekis polga o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu
tebranish va shovqinni keltirib chiqaradi, buning
oqibatida jihoz qulab tushib, kishilarga tan
jarohati yetkazishi mumkin. Shuningdek, buning
oqibatida eshik yaxshi yopilmasligi va jihoz
ishlayotganda ichidan suyuqlik oqib chiqishi ham
mumkin.
- Jihozning old yoki orqa tarafi tekis turmayotgan
bo‘lsa, old oyoqlarni sozlab, uning tekisligini
ta’minlang. Jiddiy vaziyatlarda jihoz tagiga
yupqa taxta bo‘laklari qo‘yib polni tekislash
mumkin.
Bu jihoz iqlim zonasiga qarab, cheklangan
diapazondagi haroratda ishlashga mo‘ljallangan.
Chegaradan ortiq haroratda jihozni ishlatmang.
Ichki haroratga jihoz o‘rnatilgan joyi, atrof-muhitdagi
harorat, eshikning qancha ochilib-yopilishi
va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim sinfini yorliqda
ko‘rish mumkin.
SN
N
T
ST
Iqlim sinfi
+10 - +32
+16 - +43
+16 - +38
+16 - +32
Belgilanishi
Atrof-muhit harorati
diapazoni ºC
Me'yordan yuqori
iqlim
O'rtacha iqlim
Subtropikal
Tropik
Atrof-muhit harorati
Tegishli buyumlar bilan oralig‘i juda kichkina
bo‘lsa, muzlatish samarasi pasayishi va elektr
xarajati ortishi mumkin. Jihozni o‘rnatishda har
tomondagi devordan kamida 50 mm oraliq
qoldiring.
O‘lchamlar va oraliqlar
A
C
B
G
DEF
Jihozni issiqlik manbalari yaqinida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
quyosh tushadigan yoki nam joyga qo‘yishdan
saqlaning.
Elektr kabelini (yoki vilkani) rozetkaga ulang.
Bitta rozetkaga boshqa jihozlarni ulamang.
A
B
C
D
E
F
G
595
Rusum
GA-*499TG** GA-*499T**Z
GA-*499S**Z
O‘lchami
GA-*499Y***
GA-*499Z***
GA-*499S**L
2000
668
- -
668
680
790
1025
1045
688
648
680
688
1150 1045
710
970 710
10
UZ
Eshik ochilish tomonini
o'zgartirish
Jihozingiz ochilish tomoni o‘zgartirilishi mumkin
bo‘lgan eshiklar bilan jihozlangan, ya’ni
oshxonaningiz dizayniga mos tushishi uchun
ularni chap tomonga yoki o‘ng tomonga ochish
mumkin.
TALAB QILINUVCHI ASBOBLAR:
10 mm va 6 mm gayka kalitlari
5 mm olti burchakli gayka kaliti
Plyusli otvertka
IZOH
Biroq jihozingiz eshigi ochilishini o‘zgartirmoqchi
bo‘lsangiz, xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq
qilishingiz kerak. O‘rnatish sharoiti kafolat tomonidan
qamrab olinmaydi.
Sovutgich eshiklarini teskarilashdan avval
qurilmani rozetkadan uzing va oziq-ovqat
mahsulotlari va tokchalar hamda surilma qutilar
kabi olinuvchi qo‘shimcha moslamalarni
sovutgichdan olib qo‘ying.
Sovutgichni polga yotqizib qo‘ymang.
Sovutgichni qismlarga ajratganda va qayta
yig‘ganda eshigini tashlab yubormaslik uchun
ehtiyot bo‘ling.
Rozetkaga elektr kabelini (yoki vilkani)
ulagandan so‘ng, jihoz ichiga oziq-ovqat
mahsulotlarini qo‘yish uchun ikki yoki uch soat
kuting. Agar jihoz to‘liq sovib olgunga qadar uning
ichiga oziq-ovqat mahsulotlari solinsa, ular aynib
qolishi mumkin.
Jihozni o‘rnatgandan so‘ng elektr vilkani
rozetkaga suqing. Jihozni ko‘chirish yoki tashlab
yuborishdan oldin vilkani rozetkadan sug‘uring.
Qurilmaning orqa plastinasining yuqori
burchaklaridagi cheklovchi to‘xtatgichlarni
1-rasmda ko‘rsatilgani kabi o‘rnating.
To‘xtatgichlarni (2) jihoz bo‘linmasi ichidagi tortma
quti ichidan topish mumkin.
−1-rasm: To‘xtatgich (2) ni (1) qism ichiga
oxirigacha suring. Sovutgichni devor tomon
suring.
2
1
Burama mixlarni (1) chiqarib olish orqali
sovutgich bo‘linmasining yuqori qopqog‘ini (2)
chiqarib oling. Probkani (3) yuqori qopqoqning
(2) qarama-qarshi tomoniga suring. Ulovchi
kabelni (4) uzing.
(1)
(1)
(2)
(3)
(4)
Burama mixlarni (5) chiqarib olgandan keyin
uni oldinga torting va simni (6) shikastlamagan
holda qopqoqni ko‘taring. Sim ushlagichini (7)
chiqarib oling va uni qopqoq markaziga (6)
biriktiring. Probkani (9) qopqoqning (6) qarshi
tomoniga o‘rnating.
(6) (5)
(7)
(9)
(5)
(8)
(5)
(5)
Sim ushlagichni (8) qopqoqning (6) markaziy
qismidan tortib chiqaring va uni qopqoqning (6)
qarshi tomoniga biriktiring. Qo'rg'oshinli simlarni
(10) qopqoqning (6) qarshi tomoniga suring.
(6)
(10)
Yuqori ilgakni (12) burama mixlarni (11)
chiqarib olish orqali olib qo‘ying. Sovutish
bo‘linmasi eshigini chiqarib oling; sterjenni (13)
bo‘shating va uni 6 mmli gayka klyuchi bilan
ilgakning (12) qarshi tomoniga biriktiring.
(11)
(12)
(13)
Markaziy eshik ilgagini (15) 5 mm li olti
burchakli kalit bilan burama mixlarni (14)
chiqarib olish orqali bo‘shatib oling. Sovutish
bo'linmasi eshigini chiqarib oling. Probkani (16)
sovutgichning qarshi tomoniga biriktiring.
11
UZ
Quyidagi rusumlar uchun: GA**499Z*
Sovitish va muzlatish bo’linmalari (5) eshigi
mexanik ushlagichlarini (1) qopqoqni (2) olgan
holda va burama mixlarni (3) ochgan holda
yechib oling.
(2)
(4)
(4)
(1)
(5)
(3)
(2)
(3)
(2)
(3)
(2)
(3)
To’siqlarni olib qo’ying (4).
Mexanik ushlagich (1), (5) va to’siq (4)ni
qarama-qarshi tomonga teskari ketma-ketlikda
o’rnating.
(1)
Quyidagi rusumlar uchun:
GA**499T***/GA**499S***
Surgichni (1) chiqarib oling va uni rasmda
ko‘rsatilgani kabi qarshi tomonga joylashtiring.
* Vtulka(22) faqat sovitish bo‘linmasining eshigi
qo‘shimcha moslamalariga kiradi.
Muzlatish bo'linmasining quyi ilgagini (18), keyin
muzlatish bo'linmasi eshigi, keyin sovutish
bo'linmasining markaziy eshik ilgagini (15), keyin
yuqori eshik ilgagini (12) o‘rnating, keyin ulagich
kabelini (4) ulang, qopqoq (6) va (2) ni teskari
ketma-ketlikda o‘rnating.
(14)
(15)
(16)
Quyi ilgakni (18) burama mixlarni (17) chiqarib
olish orqali olib qo‘ying. Sterjenni (19)
bo‘shating va uni 6 mmli gayka kaliti bilan
ilgakning (18) qarshi tomoniga biriktiring.
Muzlatish bo‘linmasining yuqori qismidagi
probkani (20) chiqarib oling va uni qarshi
tomonga o‘rnating.
(20)
(17)
(19)
(18)
Quyidagi rusumlar uchun GA**499Z*
(24)
(21)
(23)
(22 * )
Quyidagi rusumlar uchun GA**499T*/GA**499S*
Burama mixlarni (24) bo‘shatib olish orqali
sovitish bo‘linmasining quyi qismidagi eshik
to‘xtatgichi (21), vtulka* (22) va eshik yopgichni
(23) chiqarib oling va ularni qarshi tomonga
mahkamlang. Bu harakatlarni muzlatgich eshigi
uchun ham takrorlang.
(24)
(21)
(23)
(22)
12
UZ
ISHLATISH
Ishlatish
Boshqaruv paneli
Muzlatgich va sovutgich haroratini o‘rnatish.
LED chiroq
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED chiroqlar
yonadi.
Sovutgich tokchasi
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar
saqlanadi.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish
bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.
Jihozdagi tokchalar soni uning rusumiga qarab
o‘zgarishi mumkin.
Shisha idishlar tokchasi (Ixtiyoriy) *
Bu uzun shisha idish yoki idishlardagi ichimliklar
saqlanadigan joyidr.
Taxlanuvchi tokcha (Ixtiyoriy) *
Tortib chiqariluvchi sabzavotlar qutisi (Fresh Balancer)
Ixtiyoriy *
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va yuqori narsalar
saqlanadi.
Sut mahsulotlari burchagi *
Bu sariyog‘ yoki pishloq kabi sut mahsulotlari saqlanadigan
joydir.
Sovutgich eshigi savatchasi
Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari,
ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi
mumkin.
Tuxum lotogi *
Muzlatgich tortma qutisi
Bu yerda muzlatilgan oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat
saqlanadi.
Eshik dastasi (Ixtiyoriy) *
Sozlanuvchi oyoqchalar
Ishlab chiqaruvchi korxona oldindan ogohlantirishsiz sovutgich tarkibiy qismlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Jihozning ko‘rinishi va uning qismlari uning rusumiga qarab farqlanishi mumkin.
IZOH
Optimal harorat bo'limi (Fresh Converter)
Ixtiyoriy*
Meva va sabzavotlarni uzoq muddat saqlash uchun.
Bu tortma quti meva va sabzavotlar yoki baliq va go‘shtni
saqlash uchun optimal haroratlarni ushlab turishi mumkin.
2
3
4
5
1
1
8
9
13
11
12
6
7
13
UZ
Ishlatish bo'yicha izohlar
Yax suvga mo‘ljallangan suv chiqarish uskunasini
ichimlik suvidan boshqa ichimlikka ishlatmang.
Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq havo
kirishi va bu uning ichki harorati oshib ketishiga
olib kelishi mumkin. Jihoz eshigini ko‘p ochib
yopmang
LED-chiroq faqat uy-ro‘zg‘or jihozlarida
foydalanish uchun mo‘ljallangan, u maishiy
xonalarni yoritish uchun mo‘ljallanmagan.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin
qo‘ying.
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang.
Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan muddati va
yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar)
tekshiring.
Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat
saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
Agar jihozda salqinlatish bo‘linmasi mavjud bo‘lsa,
tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-sabzavotlarni
bunday bo‘linmalarda saqlamang,
chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin.
To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan
oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning
mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.
Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa yot
moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib ketishi
va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik
orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy
bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bu
sovuq havoning barobar taqsimlanishi va elektr
toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini
ta’minlaydi.
Jihoz ichini haddan ziyod to‘ldirib yubormang.
Uning ko‘pi bilan 70% qismini to‘ldiring. Agar jihoz
ichi haddan ziyod to‘ldiriladigan bo‘lsa, sovuq
havo yaxshi aylanmaydi.
Elektr uzluksizligi
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim
qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
− O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat
qiling.
− Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat
mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.
Eng yuqori muzlatish quvvati
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatgichning eng
yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi. Bunga
odatda 24 soatgacha ketadi, keyin avtomatik
ravishda o‘chadi. Agar maksimal muzlatish quvvati
ishlatiladigan bo‘lsa, muzlatish bo‘linmasiga yangi
mahsulotlar qo‘yilishidan yetti soat oldin Tezkor
muzlatish yoqib qo‘yilishi lozim.
Havo aylanishi yaxshiroq bo‘lishi uchun barcha
tortmalarni joyiga qo‘ying
Sovutgich ishlash xususiyatlari
Sovutgich tashkil etuvchi qismlari harorati o’zgarishi
tufayli yoriq ovozi chiqishi mumkin. Haroratni nazorat
qiluvchi va kompressorning yoqilishiga xos ovoz
me’yor hisoblanib, jihoz ishlashida vujudga keladi.
Sovutish tizimi ichida aylanuvchi sovituvchi modda
kompressor ishlamagan holda ham baland bo’lmagan
ovoz chiqarishi mumkin. Havotir olmang, bu mutlaqo
me’yordagi holat. Sovutgich ishlashi jarayonida
quyidagilar eshitilishi mumkin:
Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni soviting. Agar
jihoz ichiga juda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti
qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib
ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi
mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri
saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past
haroratni o‘rnatmang.
− Kompressor ishlash ovozi;
− Ventilyator qanotlari shivirlashi;
− No Frost sovutish tizimi aylanuvchi havosi
oqimining ovozi;
− Rele ishga tushgandagi tiq etgan ovoz;
− Havo tirqishini yopuvchi moslamasini ochish
va yopishdagi uzatma ovozi;
− Sovutish tizimi quvuri ichida aylanuvchi sovituvchi
modda shivirlashi;
− Ashyodagi harorat o’zgarishlarida yengil tebranish.
Ushbu ovozlar hech qanday nuqson bilan bog’liq emas
va funksional xususiyatga egadir.
14
UZ
Boshqaruv paneli
Birliklar va funksiyalar
Jihozdagi boshqaruv paneli uning rusumiga qarab o‘zgarishi mumkin.
IZOH
<
3-turi
>
9
8
6
7SECS
3SEC
Sovutgich haroratini sozlash /
FRIDGE
ЭКО - РЕЖИМ / EKOLOGIK REJIM
Bu energiya sarfini kamaytirish uchun Quvvat
tejash rejimini boshqaradi.
Muzlatgich haroratini sozlash /
FREEZER
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab
qo‘yadi.
YOQISH / O‘CHIRISH
Sovutgich yoqish/o‘chirish tugmasi.
БЫСТРАЯ ЗАМОРОЗКА
Bu «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» (tez muzlatish)
funksiyasini yoqadi. / Express Freeze /
EXPRESS FRZ.»
ЗВУК.СИГНАЛ / ESHIK OVOZLI SIGNALI
Yaxshi yopilmagan eshikning ogohlantiruvchi
ovozli signali
Wi - Fi
Sovutgichni uydagi Wi-Fi tarmoqqa
ulash funksiyasi
8
9
Подсветка морозильного отделения /
CHIROQ
7
<1-Turi> <2-Turi>
7
8
8
<4-turi>
UZ
15
Haroratni sozlash
Sovutish va muzlatish bo‘linmalarida birlamchi
harorat muvofiq ravishda 3 °C va -20°Cni tashkil
etadi.
Hoxish bo‘yicha boshqaruv panelida haroratni
sozlash tugmasiga bosib uni o‘zgartirish mumkin.
IZOH
Jihozni rozetkaga ulagandan so‘ng ishlash
harorati o‘rnatilguniga qadar ikki yoki uch
soat o‘tishini kuting va so‘ng unga sarxil
yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
qo'ying.
Boshqaruv panelidagi joriy harorat maqsadlidir,
chunki jihoz ichidagi oziq-ovqat
mahsuloti holati hamda eshiklari tez-tez
ochilib-yopilishi kabi omillar ta'siriga qarab
o‘zgaradi. Sovutgichni yoqgandan keyin
belgilangan rejimga 2-3 kun o‘tgandan
keyin o‘tadi.
Yaxshi yopilmagan eshik ogohlantiruvchi
ovozli signali
Agar sovutgich eshigi ma’lum vaqt (~1 daq.)
ochiq qolsa, har 30 soniya takrorlanuvchi ovozli signal
yoqiladi.
Yoqish / O‘chirish
Ogohlantiruvchi ovozli signalni “ЗВУК. СИГНАЛ /
DOOR ALARM tugmasini qisqa bosish orqali yoqish
va o’chirish mumkin (hamma rusumlarda ham mavjud
emas).
IZOH
Agar eshikni yopgandan keyin ham ogohlantiruvchi
ovozli signal chiqsa, xizmat ko’rsatish markaziga
murojaat qiling.
Tez muzlatish rejimi
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan
oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini
beradi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ. / EXPRESS FRZ.»
tugmasi bosilganda boshqaruv panelidagi
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» belgisi chirog‘i yonadi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» funksiyasi ma’lum vaqt
o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi va
sovutgich ilgari o‘rnatilgan harorat rejimiga o‘tadi.
Ekologik rejimni o‘rnatish
«ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY»
Bu funksiya quvvat tejash rejimini yoqadi bu esa siz
uzoq safarda bo‘lganingizda qulaydir.
«ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY» tugmasini bosgandan
keyin boshqaruv panelida «ЭКО-РЕЖИМ / ECO
FRIENDLY» belgisi chirog‘i yoqiladi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Bu boshqaruv panelidagi barcha tugmalarni qulflab
qo‘yadi.
Sovutgich boshqaruv panelini qulflash uchun
"БЛОКИРОВКА / CHILD LOCK") tugmasini bosing
va 3 soniya ushlab turing.
«ВКЛ / ВЫКЛ» tugmasini ketma-ket bosganda sovutgich
yoqiladi va o‘chiriladi. Sovutgichni o‘chirish uchun
«ВКЛ / ВЫКЛ» tugmasini bosing va 7 soniya ushlab
turing. Sovutgichni yoqish uchun ushbu tugmani qisqa
muddatga bosing.
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
ХОЛОД.
КАМ.
МОРОЗ.
КАМ
1,2 - turdagi boshqaruv paneli
3 - turdagi boshqaruv paneli
4 - turdagi boshqaruv paneli
Chiroqni o‘rnatish
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Bu muzlatish bo‘linmasi chirog‘ini yoqadi va
o‘chiradi.
Chiroq tugmasini bosganingizda muzlatish
bo‘linmasi chirog‘i yonadi/o‘chadi. Bu tugmani
ketma-ket bosish chiroqni butunlay yoqib qo‘yishi,
uning ravshanligini pasaytirishi va uni o‘chirib
qo‘yishi mumkin.
Muzlatish bo'linmasining eshiklari ochiq bo‘lganida
chiroq yoniq holda qoladi.
16
Muz idishi
Faqat ichimlik suvini quying.
"Fresh Balancer" sabzavotlar
tortma qutisi
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Tugmani surish orqali sabzavotlar tortma
qutisidagi namlikni rostlash mumkin. Chapga
surilsa, qopqoq va patnis ochiladi, agar o‘ngga
surilsa, qopqoq va patnis yopiladi – shunda
namlik saqlanib qoladi. Sabzavotlarni (2-tur) yopiq
holda, mevalarni (1-tur) esa ochiq holda saqlagan
ma’qul.
Taxlanuvchi shisha tokcha
Tokchaning old yarmini tokchaning orqa yarmining
tagiga surish orqali gallon konteyneri yoki butilkalar
singari bo‘yi uzun narsalarni joylashtiring. Tokchani
to‘liq holatga qaytarish uchun tokchaning old qismini
torting.
Muz idishiga belgilangan chiziqqacha suv
quying.
Agar muz idishi toshib ketsa, muz parchalari
bir-biriga yopishib qoladi va chiqarib olish
qiyinlashadi.
Muzni tezda hosil qilish uchun boshqaruv
panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ» tugmasini
bosing.
Muzni osongina chiqarib olish uchun idishga
suv quyish, uni suvga botirish yoki bukish
mumkin.
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa
tomoniga o‘tkazing.
IZOH
Muz idishini bukishda kuch ishlatmang,
chunki u sinib ketishi mumkin.
1-turi 2-turi
"Fresh Converter" yangi holda
saqlash bo‘linmasida haroratni
sozlash
(
barcha rusumlarda ham mavjud emas
)
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasi
harorat doiraviy dastasi holatini sozlash orqali
haroratni boshqarishi mumkin va umumiy holda
uning harorati sovutgiching o‘rnatilgan haroratiga
qaraganda pastroq haroratda ushlab turiladi.
1-turi go‘sht saqlash uchun, 2-turi baliq saqlash
uchun va 3-turi sabzavotlar saqlash uchun
mo‘ljallangan.
Fresh Converter
Meat Fish Vegetable
Fresh Converter
Meat
Fish
Vegetable
Fresh Converter
Meat
Fish
Vegetable
Fresh Converter
Meat
Fish
Vegetable
1-turi 2-turi 3-turi
Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa tomoni
tagiga o‘tkazing. Bu holatda joy bo‘shatish uchun
tokchaning har ikkala tomonidan ko‘tarish mumkin.
Izoh
Tavsiya qilingan holat:
Sovutgich uchun harorat: +3° С
Muzlatgich uchun harorat: -20° С
"Fresh Converter" dagi o‘rta holat (2-tur)
"Fresh Converter" bo‘linmasida ko‘proq
taomlarni saqlash uchun tortma qutini tortib
chiqaring.
Go‘sht, baliq yoki sabzavotlarni saqlash
uchun optimal sharoitlarni o‘rnatish uchun
doiraviy shkalani saqlanuvchi mahsulotga mos
rejimga o‘rnatish tavsiya qilinadi.
UZ
17
UZ
AQLLI FUNKSIYALAR
LG SmartThinQ ilovasidan
foydalanish
LG SmartThinQdan foydalanishdan
avval tekshiriladigan narsalar
IZOH
Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv
panelida Wi-Fi belgisi yoqilganligini ko‘ring.
Bu jihoz faqat 2.4 GGs chastotali Wi-Fi
tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini
tekshirish uchun internet-provayderingizga
murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga
qarang.
Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa,
muammo jihoz routerdan uzoqda joylashganligi
sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi
signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator
(signal kuchaytirgich) sotib oling.
Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi
o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.
Internet ta'minotchisiga qarab, tarmoq ulanishida
muammolar yuzaga kelishi mumkin.
1
Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi
masofani tekshiring.
2
Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.
3
Smartfoningizni simsiz routerga ulang.
Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa
juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi.
Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish
muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
iPhone telefonlarida Sozlamalar → Mobil →
Mobil internet yordamida mobil internetni
o‘chiring.
LG SmartThinQ tarmoqqa ulanish muammolari
yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday
nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf
qilish uchun mo'ljallanmagan.
Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz
tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.
Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq
bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar
ro‘yxatiga kiriting.
Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va
raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim.
(Maxsus belgilarni ishlatmang).
Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI)
mobil operatsion tizim (OS) va ishlab
chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.
Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib
belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz
mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga
o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni yana
ro‘yxatdan o‘tkazing.
LG SmartThinQ ilovasini o'rnatish
Smartfonda Google Play Store yoki Apple App
Store do‘konlaridan LG SmartThinQ ilovasini
qidiring. Ilovani yuklab olish va o‘rnatish
ko‘rsatmalariga amal toping.
IZOH
Agar simsiz marshrutizator, Internet xizmati
provayderi yoki parolni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga
olingan jihozni LG SmartThinQ ilovasidan
o‘chiring va uni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.
Rusumga bog'liq ravishda xususiyatlar o'zgarishi
mumkin.
Mahsulot sifatini oshirish maqsadida
foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga
o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Sozlanmalar
Sovutgichda va ilovada turli sozlanmalarni qo‘yish
imkonini beradi.
Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa,
jihoz tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring
va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir
daqiqa kuting.
Quyidagi belgi tushirilgan jihozlar uchun
yoki
Simsiz mahalliy hisoblash tarmog‘I (MHT) moduli
dasturiy ta’minot turi: V 1.0
Foydalanuvchi ma’lumoti uchun: bu qurilmani jihozdan
kamida 20 sm uzoqlikda o‘rnatish lozim.
Simsiz mahalliy hisoblash tarmog‘I
(MHT) moduli texnik xususiyatlari
Rusum LCW-004
Chastotalar
oralig‘i:
2412 - 2472 MHz
Chiqish quvvati
(maks.)
IEEE 802.11b: 17.82 dBm
IEEE 802.11g: 17.72 dBm
IEEE 802.11n: 16.61 dBm
18
UZ
Ochiq manbali dasturiy ta‘minot
haqida ma'lumot
Ushbu mahsulotda mavjud GPL, LGPL, MPL va
boshqa ochiq kodli litsenziyalar shartlari asosida
ilk kod haqida bilishni istasangiz,
http://opensource.lge.com veb sahifasiga tashrif
buyuring. Ochiq turdagi kodlarga qo‘shimcha
ravishda barcha tegishli litsenziya shartlari,
kafolatlarning rad qilinishlari va mualliflik huquqlari
to‘g‘risidagi bildirishnomalarni ham yuklab olish
mumkin.
LG Electronics [email protected] manziliga
so‘rov yuborilgan hollarda bunday yetkazib berish
xarajatlarini (jumladan, media, jo‘natish va qayta
ishlash xarajatlari) qoplovchi to‘lov evaziga
CD-ROM orqali ham ochiq turdagi kodni yetkazib
beradi. Bu taklif mahsulotni yetkazib berilgandan
so‘ng uch yil ichida amal qiladi. Ushbu taklif bu
ma’lumotni olgan har kim uchun amal qiladi.
1
Sovutgich eshigini yoping.
2
Eshik ogohlantiruvchi signali tugmasini Qulflash
funksiyasi yoqilgunicha 3 soniya bosib turing,
keyin muzlatish bo‘linmasi haroratini boshqarish
tugmasini bosing va 3 soniya ushlab turing.
Telefonni yuqori o‘ng burchakdagi karnay
tirqishiga ushlab turing.
3
4
Axborot uzatish tugallangach, xizmat vakili
Smart Diagnosis™ natijasini sizga tushuntiradi.
LG Electronics mijozlarni
qo‘llab-quvvatlash
markazi orqali Smart
Diagnosis™ (Aqlli tashxis) tizimi
Agar siz qurilma noto‘g‘ri ishlagan yoki buzilgan
hollarda LG Electronics mijozlarga ma'lumotlar
berish markazi tomonidan aniq tashxislanishini
xohlasangiz, shu funksiyadan foydalaning. Bu
funksiyadan oddiy ishlash vaqtida emas, faqat
xizmat ko'rsatish vakiliga murojaat qilish uchun
foydalaning.
МОРОЗ.КАМ
Quyidagi belgi tushirilgan jihozlar uchun
yoki
IZOH
Telefon mikrofoni karnay teshigi ro‘parasida
tursin.
Smart Diagnosis™ tovushi uch soniyadan
so‘ng chiqadi.
Axborot uzatilayotgan paytda telefonni
karnaydan uzoqlashtirmang.
Telefonni yuqori o‘ngdagi karnay teshigi oldida
tuting va axborot uzatilishini kutib turing.
Smart Diagnosis™ axboroti uzatilayotgan paytda
uning tovushi yoqimsiz bo‘lishi mumkin, ammo
diagnostika aniq bo‘lishi uchun axborot uzatilib
bo‘lgunicha telefonni karnaydan uzoqlashtirmang.
Axborot uzatib bo‘lingach, tugallangani haqida
xabar ko‘rsatiladi va boshqaruv paneli avtomatik
ravishda o‘chib, bir necha soniyadan so‘ng
yonadi. Undan so‘ng mijoz axborot markazi vakili
diagnostika natijasini aytadi.
Smart Diagnosis™ (Aqlli tashxis) funksiyasi
mahalliy aloqa sifatiga bog‘liq.
Uy telefonidan foydalansangiz, aloqa sifati
yaxshilanadi va yaxshiroq signal uzatish
imkoniyati tug‘iladi.
Agar aloqa sifati yomonligi tufayli Smart
Diagnosis™ (Aqlli tashxis) ma'lumot uzatuvi
yomon bo‘lsa, Smart Diagnosis™ (Aqlli tashxis)
xizmati yordamida oliy sifatli texnik ko'mak
ololmasligingiz mumkin.
19
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
Tozalash uchun eslatmalar
Tan jarohati yoki jihoz buzilishining oldini olish
uchun tokcha yoki tortmani olib tashlashdan avval
u tokcha yoki tortmadan barcha oziq-ovqat
mahsulotlarini olib tashlang.
Tokcha va tortmalarni oling va ularni suv bilan
tozalang, shundan so‘ng ularni o‘z joyiga
qo‘yishdan oldin yaxshilab quriting.
Eshik qistirmalarini yumshoq nam latta bilan
muntazam tarzda artib turing.
Agar jihozga LED-chiroq o‘rnatilgan bo‘lsa, uning
qopqog‘i yoki LED-chiroqning o‘zini tuzatish yoki
ta’mirlash maqsadida aslo chiqarib olmang. LG
Electronics mijozlar uchun axborot markaziga
murojaat qiling.
Tozalagandan so‘ng elektr kabeli
shikastlanmagani, qizimagani yoki notog‘ri
ulanmaganini tekshirib ko‘ring.
Jihozning tashqi tarafi uchun toza mochalka yoki
yumshoq latta va mayin yuvish vositasi solingan
issiq suvdan foydalaning. Abraziv yoki dag‘al
tozalash vositasini ishlatmang. Yumshoq latta
bilan yaxshilab quriting
Idish yuvish uskunasida jihoz tokchalari va
idishlarini aslo yuvmang.
Issiqlik sababli u ehtiyot qismlarning shakli
buzilishi mumkin.
Sovutgich/muzlatgich savatchasini
olish
Savatchaning har ikkala tomonini ushlang va
tepaga ko‘targan holda uni chiqarib oling.
DIQQAT
Jihoz ichki tarafi va tashqarisini tozalayotganda
uni dag‘al cho‘tka, tish pastasi yoki yonuvchan
materiallar bilan artmang. Tarkibida yonuvchan
moddalar bo‘lgan vositalardan foydalanmang.
- Bu jihoz rangining o‘chishi yoki shikastlanishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
- Yonuvchan moddalar: spirt (etanol, metanol,
izopropil spirti, izobutil spirti va hk.), eritgich,
oqartirgich, benzin, yonuvchan suyuqlik, abraziv
va h.k.
Sovutgich/muzlatgich savatchasini
qayta joylash
1
Eshik savatchasining har ikkala tomonini
ushlang, bir uchini sekin bosib joyiga tushiring
va keyin huddi shu yo‘l bilan narigi uchini
o‘rnating.
2
O‘rnatib bo‘lgandan so‘ng eshik savatchasini
gorizontal joylashishi uchun uni sekin bosing.
Sovutkich tokchasini chiqarib olish
Sovutkich tokchasining orqa qirrasini sal ko‘targan
holda tokchani tashqariga tortib chiqaring.
UZ
20
UZ
Sabzavotlar tortmasini
olish
1
Uni yuqoriga tortish orqali sovutgich
eshigining pastdagi savatchasini chiqarib
oling.
2
Sabzavotlar tortmasi dastasini ushlang
va u to‘xtagunga qadar oxirigacha sekin
tortib chiqaring.
3
Sabzavot tormasining pastini asil holidek qilib
qo‘ying va pasaytirgan holda joyiga itarib
kiriting.
Qopqoqli tortma qutini chiqarib
olish
Sabzavotlar uchun tortma quti qopqog‘ini chiqarib
olish uchun qopqoqni ko‘taring va uni tashqariga
torting.
Taxlanuvchi tokchani chiqarib olish
1
Tokchaning old yarmini biroz ko‘taring va uni
orqa yarmi tagi tomon suring.
2
Ularni ko‘tarish orqali tokchaning har ikkala
yarmini ramadan oling.
3
Tokcha ramasini ko‘taring va torting.
Muzlatgich tortma qutilarini chiqarib
olish
Uni to‘xtagunicha o‘zingizga tortish orqali tortib
chiqariluvchi qutini chiqarib oling va keyin uni har
ikkala qo‘lingiz bilan ko‘taring.
/